Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Toshkent shahrida yangicha bunyodkorlik
18:20 / 2025-12-30

Turar joyga ega bo‘lish – aholi hayotiy ehtiyojlari ichida eng muhimi sanaladi, shu bois bu yurtimiz iqtisodiyotining yetakchi sohalaridandir.  

Ortda qolayotgan 2025 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 35,4 trillion so‘mlik yakka tartibdagi uy-joy qurish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,3 foizga oshgan.

Bugungi kunda Yangi Toshkent shahrida qariyb 95 gektar maydonni qamragan “Sharq bahori” turar joy majmuasi barpo etilmoqda. Majmuada 15 mingga yaqin xonadon mavjud.

Mazkur majmua hududdagi eng yirik loyiha bo‘lib, ayni kunga qadar 1 million 800 kvadrat metrdan ortiq qurilish ishlari bajarildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahriga tashrifi asnosida bu yerda barpo etilayotgan aholi turar joylari majmuasini ko‘zdan kechirdi.

Majmua 15 mingdan ortiq daraxt va ko‘chatlar o‘tqazilgan yashil hududni o‘z ichiga oladi.

Batafsil:

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/6wpfd8yXx98?si=Vm2jhJXWgpVtROLJ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA