Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tizim: sudlar faoliyati samaradorligi oshiriladi
13:53 / 2024-12-23

Prezidentimizning 2024 yil 10 iyundagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2025 yilning 1 yanvaridan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda tergov sudyalari faoliyat boshlaydi.

Namanganda respublika Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va Sudyalar oliy maktabi hamkorligida o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotida ushbu yangi institutning joriy etilishidan ko‘zlangan maqsad, tergov sudyalarining vazifalari va asosiy yo‘nalishlari xususida so‘z yuritildi.  

Sudyalar, prokuratura, ichki ishlar organlarining tergovchi va surishtiruvchilari, viloyat bojxona, soliq boshqarmalari ma’muriy amaliyot xodimlari, advokatlar va boshqa daxldor tashkilotlar vakillari ishtirokidagi seminarda dastavval Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari tomonidan tergov sudyasi instituti joriy etilishi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.  

Yangi tizim orqali sudlar faoliyati samaradorligini oshirish, ishni sudga qadar yuritishda taraflarning tengligi va tortishuvi prinsipini amalda ta’minlash, shuningdek, tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklari samarali himoya qilinishiga erishishga qaratilgani ta’kidlandi.  

Qizg‘in fikr-mulohazalar va savol-javoblarga boy kechgan ochiq muloqotda seminar qatnashchilari tergov sudyalari faoliyati bilan bog‘liq savollarga batafsil javob oldi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA