Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tizim qulay va ishonchli
16:48 / 2025-07-12

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Yaponiya hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamkorligida innovatsion yechim – Jokaso tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda.

2025 yil mart oyida 96 ming AQSH dollari miqdorida moliyalashtirilgan ushbu tizim Qoraqalpog‘istondagi uchta muassasa – reabilitatsiya markazi, bolalar bog‘chasi va ixtisoslashtirilgan maktabda o‘rnatildi. Bu markazlashtirilmagan oqova suvlarni tozalash tizimlari tibbiyot, ta’lim va ijtimoiy muassasalardagi shoshilinch sanitariya ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi.  

Ushbu tizimning o‘rnatilishi natijasida har yili 3,5 ming nafarga yaqin bemorga xizmat ko‘rsatadigan Nukus tumanidagi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi ishonchli toza suv manbaiga ega bo‘ldi. Eng muhimi, tozalangan suvni qayta ishlatish imkoniyati tufayli markaz hududida meva va sabzavotlar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa bemorlarni to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga va ularning salomatligini tiklashga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, yashil hududlarning kengayishi va turli daraxtlarning ekilishi davolash muassasasi atrofida yanada yorqin va tinchlantiruvchi muhit yaratilishi bemorlarning ruhiy salomatligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

[gallery-24280]

Markaz direktori Gulmirza Yuldashov ta’kidlaganidek toza suvdan ishonchli foydalanish bemorlarni sifatli parvarish qilish uchun juda muhimdir. Jokaso tizimi markazning ish sharoitlarini yaxshiladi va muassasaning o‘zini o‘zi ta’minlashi uchun yangi imkoniyatdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tashabbusi bilan ushbu reabilitatsiya qilish va protezlash markazida shahar va tumanlardagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari vakillari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazilib, o‘rnatilgan qurilmaning ishlash jarayonlari namoyish etildi. Bu esa tizimning muvaffaqiyatini kengroq miqyosda qo‘llash imkoniyatini beradi.

Mazkur loyiha nafaqat sanitariya va aholi salomatligini yaxshilaydi, balki suv tanqis bo‘lgan hududlar uchun muhim bo‘lgan qishloq xo‘jaligida suvdan qayta foydalanish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.  

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA