Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tizim mehnat unumdorligini oshirdi
10:27 / 2024-02-06

“Raqamli OKMK – 2030” konsepsiyasiga muvofiq Angren kon boshqarmasining “Razvedochnaya” va “Qizil-olma” konlarida “Tog‘-kon dispetcheri” avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi joriy etildi.

Tizimning asosiy maqsadi kon ichidagi xodim va transport xavfsizligini ta’minlash, transport to‘qnashuvlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisa va jarohatlanishlarni oldini olish, ishlab chiqarish jarayonida xodim va texnika ustidan dispetcher va muhandis-texnik xodim tomonidan tezkor nazoratni amalga oshirishga qaratilgan.  

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, tizimning joriy etilishi natijasida 2023 yilning ikkinchi yarimida konlarda mehnat unumdorligi 5 foizga oshdi. Qon bosimi yuqori bo‘lgan ishchi-xodimlar soni 10 foizdan 3 foizga kamaydi va 10 ta shtat birligini optimallashtirish imkoniyatlari yaratildi. Buning natijasida qo‘shimcha ravishda yiliga 2 milliard so‘mdan ortiq iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.  

OKMK matbuot xizmati