Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi telekommunikatsiya markazi ish boshladi
07:39 / 2026-02-10

Axborot almashinuvi tezligi, xizmatlar sifati va murojaatlarga munosabat darajasi hududlar boshqaruvi samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Bu borada aloqa sohasida yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar aholiga xizmat ko‘rsatish tizimini yangi bosqichga olib chiqadi.

Namanganda ayni shu xayrli maqsadga xizmat qiluvchi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining mijozlarga savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda qatnashgan Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov aloqa operatori faoliyatiga zafarlar tilab, yangi markaz aholiga sifatli, tezkor va zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu ofis tarkibida “kontakt markazi”ning 112 xizmati operatorlari uchun ham alohida joy tashkil etilgan. Bu esa favqulodda va tezkor murojaatlarni yagona markaz orqali samarali boshqarish imkonini beradi.

Tadbir ishtirokchilarida yangi markazda mijozlar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, texnik infratuzilma hamda xizmat ko‘rsatish tizimi yaxshi taassurot qoldirdi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.