Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tayinlangan sudyalar qasamyod qabul qildi
10:57 / 2025-12-11

Oliy sud Plenumining navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda ayrim fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo hamda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman va shahar sudlariga ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan sudyalarning qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi. 

Majlisda Sudyalar oliy kengashining 2025 yil 5 dekabrdagi qaroriga muvofiq sudyalik lavozimda bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlangan Muzaffar Shahobov, Hayotjon Mamanazarov, Zuhriddin Sarimsoqov, Nizomiddin To‘lanbayev, Isomiddin To‘ychiyev va Xurshid Umbarovning qasamyodi eshitildi.

Qasamyod qabul qilgan sudyalarga sudyalik guvohnomalari bilan birga "Sudyalar odobi kodeksi" topshirildi.

N.Abduraimova,

O‘zA