Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tartiblar sudyalarga tushuntirildi
15:47 / 2023-08-01

Samarqand viloyati sudida O‘zbeyekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi qarorlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Unda Samarqand viloyat sudining jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari, tuman, shahar va tumanlararo sudi raislari hamda Samarqand viloyat ma’muriy sudi sudyalari ishtirok etdi.

Oliy sud sudyalari A. O‘tayev va M.Eshimbetov odil sudlovni ta’minlashning ustuvor vazifalari chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish, adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish belgilanganligini ta’kidladi.  

Plenum qarorlari sud amaliyotidagi bir qancha masalalarga aniqlik kiritib, sud ishlari sifatini oshirishga yordam beradi. Shuning uchun har bir Plenum qarorlarini izchil o‘rganish, mazmun-mohiyatini to‘la anglab yetish o‘zining ijobiy samarasini beradi.

Tadbirda Oliy sud plenumining “Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”, “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”, “Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” va “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorlarini amaliyotda qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur plenum qarorlarining mazmun-mohiyati, ularni amalda qo‘llash borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.  

Tadbirda sudyalar amaliyotda uchrayotgan masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, fikr-mulohazalarini bildirdi.

G‘.HASANOV, O‘zA