Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tartib va qo‘shimchalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi
16:31 / 2026-01-09

Bugungi kunda soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida anglash va to‘g‘ri qo‘llash tadbirkorlik faoliyati barqarorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri hisoblanadi.

Shu bois, joylarda biznes vakillari bilan yuzma-yuz muloqot asosida o‘tkazilayotgan tushuntirish ishlari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

G‘allaorol tumanida ana shunday amaliy tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. Tuman iqtisod va moliya bo‘limi binosida tashkil etilgan seminarda Jizzax viloyati soliq boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, soliq qonunchiligiga kiritilgan yangi normalar va qo‘shimchalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berishdi.

Seminarda ishtirok etgan viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Husniddin Soatov 2026 yilga mo‘ljallangan soliq siyosati konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishlari, tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan yengilliklar va majburiyatlardagi o‘zgarishlarga alohida to‘xtaldi. Ayniqsa, G‘allaorol va Baxmal tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun dolzarb bo‘lgan masalalar tahliliy ruhda yoritildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbir davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq va tushunarli javoblar olishdi.  

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri