English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tartib orqali malaka toifalarini berish jarayonlari soddalashtirildi
11:40 / 2020-03-11

Barchamizga ayon-ki, hozirda yurtimizda sportga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.


Barchamizga ayon-ki, hozirda yurtimizda sportga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.

5 ta muhim tashabbusidan biri ham aynan Sport yoʻnalishga qaratilgani ham buni yaqqol isbotlab turibdi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 3-mart sanasida qabul qilingan “Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-metodistlariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori sohada faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarning tom maʼnoda bir necha yildan buyon qiynab kelayotgan muammolarining daʼvosi boʻldi deya olamiz. Sababi, eski tartibdagi “Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda malaka toifalarini berish jarayonlari qiyinlashtirilgan edi.

Ortiqcha ovoragarchilik, korrupsiya va byurokratiya sabab shu paytga qadar koʻplab malakali mutaxassislar malaka toifalarini ololmay kelishayotgandi.

Yangi tartib orqali esa malaka toifalarini berish jarayonlari soddalashtirildi. Unga koʻra, trener-oʻqituvchilar yoki yoʻriqchi-uslubchilar malaka toifalarini olish uchun uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YAIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

Shundan soʻng, ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan YAIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda muvofiq tegishli soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.

Soʻrovnomaga trener-oʻqituvchilar malaka toifalarini olish uchun: shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; tayyorlagan sportchisining musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (musobaqa bayonnomasi va diplom nusxalari); sportchi trener-oʻqituvchiga biriktirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma ilova qilinadi. Yoʻriqchi-uslubchilar esa malaka toifalarini olish uchun: shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; yoʻriqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qoʻllanma(lar) nusxasi ilova qilishadi. Shu tariqa vakolatli organ tomonidan ortiqcha maʼlumotlarni talab qilish amaliyotiga chek qoʻyildi va taqdim etiladigan hujjatlar soni sezilarli darajada kamaytirildi. Chunonchi, endilikda ish joyidan tavsifnoma; trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma nusxasi mehnat daftarchasidan nusxa (ish joyidan tasdiqlangan holda) kabi ortiqcha maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.

Ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga, Oliy toifali trener va oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalarini olish uchun esa Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuboriladi.

Ushbu jarayonlarning barchasi ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat qilganda 10 daqiqa ichida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali murojaat qilganda esa avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Shundan soʻng, vakolatli organ murojaatni 1 ish kunida QR-kod bilan tasdiqlangan malaka toifasini berish yoki rad etish boʻyicha qaror qabul qilish uchun Malaka komissiyasiga kiritadi. 5 ish kuni mobaynida vakolatli organ Malaka komissiyasining qarori asosida QR-kodli Malaka toifasini rasmiylashtiradi hamda davlat xizmatlari markaziga yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali murojaat qilganda elektron tarzda ariza beruvchiga yuboradi.

Oʻz oʻrnida davlat xizmatlari markazi uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi yoki qogʻoz shaklida ariza beruvchiga taqdim etadi. Ushbu jarayonga 10 daqiqa vaqt kifoya.

Ushbu maʼmuriy reglamentga muvofiq endi ortiqcha ovoragarchilik hamda moliyaviy xarajatlarining keskin qisqartirilishiga erishildi.

B. JAMOLOV,

Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi

boshligʻi oʻrinbosari