Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi talqindagi spektakl
16:32 / 2023-07-13

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi o‘zining 48-mavsumini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli dramaturg Sharof Boshbekov qalamiga mansub “Tushov uzgan tulporlar” nomli spektakl premerasi bilan yakunladi.

Ushbu asar respublikamizning bir necha nufuzli teatrlarida sahnalashtirilgan. Spektakl o‘ziga xos yangicha talqinda tomoshabinlarga taqdim etildi. Tomoshaga harbiy qism askarlari ham tashrif buyurdi. Spektaklda muallif Sharof Boshbekov ham ramziy tarzda ishtirok etdi. Uni teatrning iste’dodli aktyori Sanjar Mamanazarov mahorat bilan talqin etdi.  

–Spektakl menga juda yoqdi, sahnalashtirishda yangicha yondashuv bo‘libdi. Aktyor va aktrisalar rollarni maromiga yetkazib ijro etdi. Men S.Mamanazarov ijrosida otamning siymosini ko‘rdim. Bugun otamning ruhlari shod bo‘ldi, – deydi adibning qizi K.Boshbekova.  

Muxlislar spektaklni maroq bilan tomosha qildi. Ayniqsa, sobiq ittifoq davrida mamlakatimizda ro‘y bergan nohaqliklar, xalqimiz boshidan kechirgan tashvishlar aks etgan lavhalar barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Sh.Isaqulov, viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i B.Ismatov 48 mavsum tugashi hamda yangi spektakl premerasi munosabati bilan teatr jamoasining bir guruh ijodkorlariga Madaniyat va turizm vazirligining sovg‘alarini topshirdi.  

Sh.Suyarov, O‘zA.