FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining shu yil 3 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Namangan viloyati Pop tumani Chodak massivida 786 gektar yer maydoni 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda 21 ta lotga ajratilib, onlayn auksion savdolariga chiqarildi.
Bir vaqtlar paxta, g‘alla ekilgan, boniteti pastligi uchun yetarli hosil olinmagan ushbu yer maydonlarida bugun asosan dukkakli ekinlar va rezavorlar yetishtirilmoqda. E’tiborlisi, ular orasida eksportbop bamiya o‘simligi ham bor.
Bamiya — bir yillik o‘simlik bo‘lib, sabzavot sifatida yetishtiriladi. Mevasi va poyasi qog‘oz sanoatida ishlatiladigan xom tolaga ega. Bamiya tarkibidagi shilliq moddalar qog‘ozni yopishtirish uchun ishlatiladi, mevalaridan qandolat mahsulotlarini pishirishda ishlatiladigan vositalar olinadi. Mevasi salomatlik uchun foydali.
[gallery-23865]
Tadbirkor Olloyor Sultonov auksion orqali 33 gektar yerni 49 yillik ijaraga olgan. Bu yil 5 gektarda bamiya o‘simligini sinab ko‘rmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA