Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada jurnalistika kasbining huquqlari kafolatlanmoqda
08:59 / 2023-03-29

Har bir davlatning jadal rivojlanishi, yuksak yutuqlarga erishishi, xalqining farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor bilan bog‘liq.

Yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha umumxalq referendumi arafasida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bir guruh talabalar ham mamlakatimiz aholisini konstitutsiyaviy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda.  

—Mening orzuyim kelajakda xorijiy tillarni puxta egallagan jurnalist bo‘lish, — deydi Qarshi davlat universiteti talabasi Setora Jalilova. — Hozirda ayni maqsad yo‘lida Qarshi davlat universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida tahsil olaman.  

Yangilanayotgan Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish, aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka asos bo‘lishi belgilab qo‘yildi.  

Ilgari Konstitutsiyaning birgina 67-moddasi ommaviy axborot vositalari faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lsa, endilikda Bosh qomusimizning bir necha moddalarida davlatning ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligini ta’minlashi, axborot olish, izlash, foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarining kafolatlanishi belgilab qo‘yilmoqda.  

Shunday ekan, ommaviy axborot vositalari uchun imkoniyatlar eshigi yanada keng ochilmoqda. Men egallamoqchi bo‘lgan jurnalistika kasbining huquqlari Asosiy qonunda kafolatlanyaptimi, kelajagim uchun poydevor bo‘layaptimi, demak, men o‘z kelajagimga befarq emasman.  

30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda ishtirok etaman va barchani faollikka chorlayman.  

 

Muhayyo Toshqorayeva yozib oldi,  

O‘zA