English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – xalqchil Konstitutsiya!
09:44 / 2023-04-14

Mamlakatimizda muhim siyosiy voqelik – «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni umumxalq referendumiga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda.

Joylarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati aks etgan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan uchrashuvda ham ana shu muhim siyosiy jarayon haqida so‘z bordi.  

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov va boshqalar Asosiy qonunimizning yangi tahriri yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo «Inson qadri uchun» g‘oyasi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanishini qayd etdi.  

Tadbirda so‘zga chiqqan ekspertlar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida talabalarga ma’lumot berildi.  

Ma’lumki, davlatimiz rahbari 2022 yil 20 iyunda Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lgan uchrashuvda “Konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi", deya ta’kidlagan edi.  

Bu «Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir» degan tamoyilga to‘la mos keladi. Natijada insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta o‘ylangan, «Inson – jamiyat – davlat» tamoyili asosida Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi varianti ishlab chiqilgani e’tirof etildi.  

O‘zbekistonda Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha xalq saylovi – referendum esa 30 aprelga belgilandi.    

Uchrashuvda Asosiy qonunimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida so‘z yuritildi. Moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. Shuningdek, 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgarish kiritilyapti. Konstitutsiya matni 65 foizga yangilandi.    

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qildi.  

O‘zA