Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tahrirdagi kodeksga qanday ehtiyojlar bor edi? (Audio)
11:26 / 2022-01-29

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi yangi tahrirda ishlab chiqildi. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksini tasdiqlash haqida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yaqinda bo‘lib o‘tgan majlisida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan kodeksning nomlanishi uning tartibga solish predmeti va xorijiy tajribadan kelib chiqib “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks” deb o‘zgartirilmoqda. Shuningdek, ma’nan eskirgan, amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan yoki fuqarolik va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan 33 ta ma’muriy huquqbuzarlik kodeksdan chiqarilmoqda. Ob’ektiv ehtiyojdan kelib chiqib, 12 ta yangi turdagi huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. 

Xo‘sh, mazkur kodeksni yangidan ishlab chiqishga qanday sabablar bor edi? Unda yana qanday tartib-qoidalar belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sherzod To‘xtashevning fikrlari audio ko‘rinishida havola etilmoqda.  

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/mzuFc3Ws4Qo" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Yoqubjon Meliboyev, O‘zA