Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
12:25 / 2021-02-23

Kodeksdan korrupsiya holatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yadigan normalar chiqarilmoqda.

Bosh prokuratura tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihani ishlab chiqishda jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilishga, uni yanada liberallashtirishga, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirishga e’tibor qaratildi. Jinoyatlar uchun sanksiyalar qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga qarab muvofiqlashtirildi.  

Shuningdek, loyihada turlicha sharhlash yoki korrupsiya holatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yadigan normalarni chiqarib tashlashga qaratilgan o‘zgartirishlar nazarda tutilgan.

Loyiha ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida tayyorlangan.

Ushbu loyiha fuqarolarning takliflari asosida yanada takomillashtirilishi maqsadida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.