Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tahrirdagi "Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi
17:37 / 2022-07-19

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ishtirokida brifing tashkil etildi.

Qayd etilishicha, mahallaning “faol” modelini joriy etish, uni aholi muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash maqsadida "Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi hamda “Mahalla to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi. 

Shuningdek, vazirlikda soha targ‘ibotini olib borish hamda tanqidiy materiallarga doimiy munosabat berib borishni takomillashtirish maqsadida zamonaviy texnik vositalar va imkoniyatlar bilan ta’minlangan Media-markaz qurib bitkazildi, yaqinda foydalanishga topshiriladi. 

Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni ta’minlash vazifasi belgilangan bo‘lib, unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada aholi bilan ishlash faoliyatiga raqamli “Ijtimoiy mahalla” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. 

Mazkur loyiha ham normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali idoraviy kelishuvdan o‘tkazildi, Adliya vazirligining xulosasi asosida 2022 yil 30 may kuni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA