Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi sport mavsumiga tayyorgarlik Gruziyada o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar bilan boshlandi
10:24 / 2022-01-28

Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2022 yilni Gruziyaning Tbilisi shahridagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bilan boshlashdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Kavkaz mamlakatida o‘tayotgan o‘quv-yig‘inda mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan sportchilari qatnashmoqda.

Jumladan, Tokio-2020 olimpiadasi qatnashchisi Rasuljon Abdurahimov, shuningdek, Abdulla Azimov, Habibullo Ergashev, Abdulaziz Mirvaliyev, O‘tkirbek Jo‘rayev, Fayoziddin Mamatqulov, Dildora Aripova, Gulnoz Jumabekova, Diana Baxtiyarova, Naima Nig‘monova va Lobar Amrillayeva kabi iqtidor egalari Gruziyada tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Murabbiylarning fikriga ko‘ra, ushbu yig‘in fevral oyida boshlanadigan xalqaro musobaqalarga muhim tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘taydi.