Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi sport majmuasi mahallaga salomatlik harakatini olib kiradi
10:43 / 2025-11-26

Chirchiq shahrining Nur mahallasida foydalanishga topshirilgan zamonaviy sport majmuasi nafaqat yoshlar, balki mahalla ahlining quvonchiga sabab bo‘ldi.

Yengil konstruksiya asosida bunyod etilgan zamonaviy sport majmuasining ochilish marosimida ishtirok etgan sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i R.Boboqulov va Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov bino joriy yilda "Tashabbusli byudjet" doirasida ajratilgan 1,5 milliard so‘m mablag‘ hisobidan to‘liq qayta barpo etilganini, bu yerda sportning turli yo‘nalishlari bilan shug‘ullanish, mashg‘ulotlar olib borish, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish imkoni yaratilganini ta’kidladi.

Inshoot “Prezident olimpiadasi” o‘yinlari davom etayotgan ayni kunlarda foydalanishga topshirilgani alohida ahamiyat kasb etadi.

Tadbir davomida keng jamoatchilik a’zolari, yoshlar, mahalla ahli ishtirokida “Yashil makon” loyihasi asosida ko‘chat o‘tqazish ishlari amalga oshirildi.

Shundan so‘ng mahallaning kichik yoshli futbolchilari o‘rtasida tashkil etilgan ”Hokim kubogi” musobaqalariga start berildi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA