Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi sport majmualari yoshlar xizmatida
11:48 / 2015-12-10

Samarqand viloyatida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan bir qator sport inshootlari foydalanishga topshirildi.

Samarqand viloyatida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan bir qator sport inshootlari foydalanishga topshirildi.

Urgut tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabi uchun qurilgan suv sporti saroyining ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, iste’dodli sportchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

– Muassasamizda bugungi kunda 900 dan ziyod yosh sportning yetti turi bo‘yicha muntazam shug‘ullanmoqda, – deydi maktab direktori o‘rinbosari Asadulla Po‘latov. – O‘ttizdan ortiq murabbiy o‘g‘il-qizlarning mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun mashg‘ulotlar olib bormoqda. Endilikda muassasamizda suv sporti bilan shug‘ullanish uchun ham imkoniyat yaratildi.

Sport inshootining qurilishiga jamg‘arma hisobidan 2 milliard 600 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.

Payariq tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida amalga oshirilgan kapital ta’mirlash ishlari doirasida bu yerda yangi sport zali bunyod etilib, 12 million so‘mlik zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlandi.

Umuman, joriy yilda viloyatda jamg‘arma tomonidan 48,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga qirqdan ortiq sport inshooti bunyod etildi.