Yangi spektakl: “Tongni kulib qarshi ol!
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida sahnalashtirilayotgan spektakl ana shunday nomlanadi.
Mazkur asarda irodali va qat’iyatli o‘zbek qizi Diyora Keldiyorovaning bolalik chog‘idan to Olimpiada shohsupasigacha bo‘lgan ibratli hayoti tasvirlanadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘z orzu-umidlari ushalishi yo‘lida har qanday mashaqqatga dosh bera olgan matonatli zamondoshimiz obrazini ko‘plab yoshlarimizga o‘rnak qilib ko‘rsatish, ularni o‘z maqsadlari sari dadil harakat qilishga ruhlantirishdir.
Shuningdek, Madaniyat hamda Sport vazirliklari hamkorligida Davlat buyurtmasiga binoan sahnalashtirilayotgan ushbu spektakl “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan.
O‘zA