French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi spektakl – jajji tomoshabinlar uchun betakror tuhfa
17:59 / 2026-01-05

Alisher Navoiy  nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida  bolajonlar uchun “Alisa mo‘’jizalar mamlakatida” balet-spektaklining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Jajji Alisa antiqa o‘lkaga tushib qoladi va shu bilan uning sarguzashtlari boshlanib ketadi. Ajoyib raqslar, go‘zal mumtoz musiqa balet-spektakliga g‘oyat betakror ruh bag‘ishlagani ahamiyatli. 

Oqko‘ngil Alisa, Oq quyon, Chesher mushugi, Telba shlyapnik, Yuraklar qirolichasi va boshqa qahramonlarning boshidan kechirgan sarguzashtlari jajji tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. 

Shu bilan birga, lazer va animatsion effektlar spektaklni yanada o‘zgacha jozibali bo‘lishini ta’minlagan. 

Balet-spektakl bolajonlarda katta taassurot uyg‘otdi.

N.Usmonova, O‘zA