Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi sotib olingan uydan bir asrlik kitoblar topildi
14:09 / 2024-01-19

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro yangi sotib olgan uyidan XIX asr oxiri XX asr boshlariga tegishli qadimiy kitoblar topib olgan. Mazkur qo‘lyozmalar Madaniy meros agentligi va uning shahar boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.

Agentlik matbuot xizmatining xabar berishicha, fuqaroning murojaatiga asosan yangi uydan topilgan tarixiy kitoblar ustida atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi. Tekshiruvlar natijasida topilgan ashyolar eski o‘zbek yozuvidagi qo‘lyozma va toshbosma kitoblar ekani aniqlandi. Ularning ichida she’riy to‘plamlar, badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar ham bor ekani ma’lum bo‘ldi.  

Topilgan kitoblar fuqaroning shaxsiy mulki ekanligini inobatga olgan holda agentlik xodimlari tomonidan qo‘lyozmalarni davlatga topshirish yoki sotib yuborishi mumkinligi tushuntirildi.  

Mazkur kitoblar ustida batafsil o‘rganish ishlari yakuniga yetgach qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA