Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi shakldagi ko‘cha 24/7 tizimida ish boshladi
12:30 / 2025-12-29

Buxoro shahrining Nizomiy Ganjaviy mahallasi Sadriddin Ayniy ko‘chasi hududida yangi shakldagi ko‘cha 24/7 tizimida ish boshladi. Uning ochilish marosimida mutasaddilar, keng jamoatchilik vakillari hamda shahar aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Botir Zaripov ushbu loyiha nafaqat Buxoroning turizm salohiyatini oshirish, balki mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri ekanini, bunday loyihalar kelgusida yana ko‘plab amalga oshirilishini ta’kidladi. 

Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritadigan mazkur ko‘chada infratuzilma tadbirlarini amalga oshirish uchun 2 milliard 894,6 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Mazkur mablag‘ hisobidan hozirda ko‘chaning elektr tarmoqlari yangilandi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarildi, zamonaviy yoritgich chiroqlari o‘rnatildi, piyodalar yo‘lagi qurildi, bolalar maydonchasi va vorkaut, besedka qurish ishlari amalga oshirildi.

Umuman, loyiha doirasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘ngilochar maskanlar, oziq-ovqat do‘konlari, tez tayyorlanadigan taomlar shoxobchalari, shuningdek, sayr qilish va dam olish uchun maxsus zonalar tashkil etildi.

Shuningdek, ko‘chada 26 ta yangi tadbirkorlik sub’ekti tashkil qilindi. 40 ta tadbirkorning faoliyati kengaydi. 24 ta ko‘chma savdo shoxobchalari tashkil qilindi. 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Buning natijasida byudjetga qo‘shimcha 500 million so‘m soliq tushumi tushishiga erishiladi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.