FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi Yangi ro‘zg‘or mahallasi o‘zining tabiiy go‘zalligi va uzumzorlari bilan mashhur. Mahallada voish usulida uzum yetishtirish an’analari saqlanib qolgan bo‘lib, deyarli har bir xonadonda bu mehnatsevarlik belgilari ko‘zga tashlanadi.
[gallery-24367]
Yangi ro‘zg‘or aholisi uy sharoitida tadbirkorlik bilan faol shug‘ullanadi, bu esa mahallaga farovonlik bag‘ishlamoqda.
Uzumzorlarning yashil qoplamasi orasida joylashgan bu maskan, nafaqat mehnatsevar xalqning jonajon maskani, balki tabiiy go‘zallikdan bahramand bo‘lish uchun ideal joy hisoblanadi. Har bir xonadon egalari o‘zining kichik biznesini rivojlantirish orqali mahallaning ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga katta hissa qo‘shmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA