French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YANGI QUVVAT: Yiliga 1,4 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi
12:07 / 2022-03-11

Xorazm viloyatida quvvati 174 megavatli yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Joriy yil 10 mart kuni Turkiyaning “Odaş Enerji CA” kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida qurilgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi.

– Ushbu elektr stansiya yiliga 1,4 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 175 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Tejalgan tabiiy gazga qo‘shimcha 800 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. Natijada qo‘shimcha ravishda bir yil davomida 350 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoni yaratiladi. Umumiy qiymati 105 million dollarga teng bo‘lgan mazkur loyiha Turkiyaning “Odaş Enerji CA” kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi, – dedi Energetika vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi Elmira Bekmurodova.

Ta’kidlanganidek, mazkur stansiyani qurish jarayonida 350 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritgan bo‘lsa, loyiha ishga tushirilgach, tumandagi 60 nafar fuqaro ham o‘z ish joyiga ega bo‘ldi.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA