Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi qurilma tog‘li hududlarni ham uzluksiz tok bilan ta’minlash imkonini beradi
17:34 / 2022-09-08

bugungi kunda Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti olimlari elektr energiya ta’minotini yanada yaxshilash yo‘lida izlanishlar olib bormoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, institut olimlari tomonidan quvvati 2 kVt bo‘lgan kichik mobil gibrid quyosh-yoqilg‘i elektr stansiyasi yaratildi.

–Ushbu qurilmaning afzalligi shundaki, u kunduz kuni quyosh orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradi, shuningdek, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini o‘zida saqlaydi. Quyosh botgan paytda yoqilg‘i orqali (benzin, dizel) ham elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Qurilma aholi xonadonlari, fermer xo‘jaliklari, olis cho‘l hududlari, elektr tarmog‘i tortib borilishi qiyin bo‘lgan olis tog‘li hududlarda elektr energiyasidan uzluksiz foydalanish imkonini beradi, – dedi vazirlik matbuot xizmati bosh mutaxassisi Obidjon Dilmurodov.

O‘zA