Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi qurilgan mahalla idoralari jihozlandi
18:34 / 2023-10-25

Mahalla tuzilmasi hududlarda yashaydigan aholining tayanadigan tashkilotiga aylanib bormoqda va ularning aksariyat muammolari shu idorada hal qilinmoqda. Mahallalarda tashkil qilinayotgan “beshlik” fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Shu bois belgilangan dasturlar doirasida mahalla idoralari zamonaviy qilib yangidan qurilib fuqarolar bilan ishlash uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda.

Xususan, yaqinda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi Ko‘kdala tuman bo‘linmasi tomonidan tumanda yangi qurilgan 3 ta mahalla idorasiga, jumladan, Toloqtepa, Chuvilloq, Ko‘kdala MFYlarga fond tomonidan komp’yuter va mebel jamlanmalari taqdim etildi. Maqsad aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish.

O‘lmas Barotov, O‘zA