Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi qonunlar targ‘ibotiga bag‘ishlandi
20:02 / 2022-02-16

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov Andijon viloyatida deputatlar, aholi vakillari bilan muloqot va uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Uchrashuv va muloqotlarda Oliy Majlis Senatining joriy yil 3-4 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan yigirma uchinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar, mahalliy Kengashlar va deputatlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilmoqda.

Senatorlar tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, murojaatchilarga huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda, ayrim masalalarni hal etish tegishli tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirilmoqda.

[gallery-5794]

Andijon viloyati hokimligida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi qonunning muhim jihatlari, «Tashabbusli byudjet» doirasida mahalliy byudjetlar mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartiblari, Prezidentimizning 2022 yil 27 yanvardagi «Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarorining mazmun-mohiyati, hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va ular uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish borasida hamda ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha hududiy markazlar faoliyatini samarali tashkil etish, «Yashil makon» umummilliy loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan keng ma’lumot va tushuntirishlar berildi.

Ishtirokchilarning yangi qonunlar mazmun-mohiyati, qonunlarni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etish va boshqa masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga senatorlar batafsil javob qaytardi. Yig‘ilishda yuqorida qayd etilgan yo‘nalishdagi ishlar sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA.