Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi qomusimiz – tashqi siyosatdadavlat mustaqilligini mustahkamlash tamoyili
19:36 / 2023-06-14

Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakat hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarida muhim, dolzarb islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Xalqimizning bevosita ishtirokida tayyorlangan, xorijiy tajribaga, xalqaro standartga tayangan hamda Vatanimiz istiqboli va kelajagini ta’minlaydigan yangi Qomusimiz O‘zbekiston tarixida muhim voqeaga aylandi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamkakatimiz taraqqiyoti strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asosini yaratib, milliy davlatchilikning muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Xalqaro maydonda kechayotgan murakkab geosiyosiy jarayon, ayrim mintaqalardagi umumiy holat va davlatlararo munosabat keskinlashuvi e’tiborga olinib, Konstitutsiyaning 17-moddasiga mamlakatimiz tashqi siyosatini ifodalovchi qator o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilib, quyidagicha ifodalandi:

“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro  munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi  siyosati inson huquqlari va  erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. O‘zbekiston barcha davlatlar bilan do‘stona va tinchliksevarlik tashqi siyosat olib boradi”.

Demak, respublikamiz o‘z tashqi siyosatini “inson huquqi va erkinligini hurmat qilish” asosida olib borishi alohida belgilab qo‘yildi. 

Tashqi siyosatimiz mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro maydondagi salohiyatini oshirish, xorijiy davlatlar bilan keng qamrovli hamda o‘zaro manfaatli aloqani rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi taraqqiyot strategiyasi”da ham ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish orqali strategik maqsadlarga erishish alohida belgilangan.

Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalar qamrovini kengaytirish, jahon sahnasida davlatimiz imijini ilgari surish, O‘zbekistondagi islohotlar va demokratik yangilanish jarayoni haqida xolis axborot tarqatishni samarali davom ettirish, xorijda milliy madaniyatimiz, an’analarimizni keng targ‘ib qilishdek vazifalar ko‘rsatib berilgan.

Bunday muhim va dolzarb masalalar, xususan, islohotlar yo‘lida mamlakatimiz tashqi siyosatining zamonaviy xalqaro munosabatlarga integratsiyalashuvi yangilangan konsepsiyada aks etgan.

Jahon uzra murakkab geosiyosiy jarayon davom etar ekan, xalqaro maydonda mamlakatimiz milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p tomonlama izchil va faol tashqi siyosat yuritish davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimiz turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat muhim vositasi bo‘lib qolaveradi.

Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston diplomatiyasi oldida zamonaviy talablarga javob beradigan, xalqaro maydonda mamlakatimiz milliy-davlat manfaatlarini mas’uliyat bilan va samarali himoya qiladigan yangi avlod diplomatlarini tayyorlashdek muhim vazifa turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida faoliyatini boshlagan Diplomatik akademiyada davlatimiz tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati sohasiga kasbiy malakasi yuqori, chuqur bilimga, tahliliy ko‘nikmaga ega mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Abdurafiq Hoshimov, JIDU huzuridagi

         Diplomatik akademiya kafedra mudiri