Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi
17:20 / 2026-02-26

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bo‘lgan e’tibor tom ma’noda yangi bosqichga chiqdi. Bolalar va ayollarni zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlaridan tizimli himoya qilish, bunday hollarda ularga zarur moddiy va ma’naviy ko‘mak berishga qaratilgan chora-tadbirlarni sifatli tashkil qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

“Sharoit Plyus” NNT hamda O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamkorligida nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun ishlab chiqilayotgan «Zo‘ravonlik nima? Undan o‘zingni qanday himoya qilishing mumkin?» nomli axborot qo‘llanmasi taqdimotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur qo‘llanmani tayyorlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ularning huquqlari, zo‘ravonlikning turli shakllari hamda mavjud himoya mexanizmlari haqida tushunarli va qulay formatlarda ma’lumot taqdim etishdan iborat. Shuningdek, qo‘llanma orqali zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va qizlar uchun amal qilayotgan davlat tizimi va murojaat qilish yo‘llari haqida xabardorlikni oshirish ko‘zda tutilgan.

Davra suhbatida nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari vakillari, mutaxassislar, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar hamda ularning ota-onalari o‘z taklif-mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi. Quvonarlisi shuki, mas’ullar bildirilgan taklif va tavsiyalar qo‘llanmaning yakuniy tahririni ishlab chiqishda albatta inobatga olinishini alohida ta’kidladi.

Sherbek Islomov O‘zA