1 000 – 1 200 sm kub hajmli avtomobil uchun
Ushbu toifaga kiruvchi (1197 sm kub) bozor narxi 20 ming AQSH dollari bo‘lgan avtomobilni misol sifatida olamiz. Bunda quyidagi majburiy to‘lovlar mavjud:
1. Bojxona boji
Avval: 3 718 dollar (15 foiz + 0,6 AQSH doll/kub sm).
Hozir: 1 000 dollar (5 foizga tushirildi).
Farq: 2 718 dollar
2. QQS (12%)
Avval: 2 846 dollar
Hozir: 2 520 dollar
Farq: 326 dollar
3. Utilizatsiya yig‘imi (bazaviy stavkaning 120 baravari)
Taxminan 3 385 dollar (39 mln 600 ming so‘m)
4. Bojxona yig‘imi (0,2%)
40 dollar
YAKUNIY NARX:
Avval: 29 ming 989 dollar
Hozir: 26 ming 945 dollar
Farq: 3 ming 044 dollar
Demak, dvigatel hajmi 1 000 – 1 200 sm kub, narxi 20 ming AQSH dollari bo‘lgan avtomobil uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar taxminan 3 ming 044 AQSH dollariga arzonlaydi (ushbu hisob-kitoblarda logistika narxi hisobga olinmagan).
O‘zA