Yangi qadam – yangi imkoniyatlar
Yurtimizda alohida ta’limga ehtiyojmand o‘quvchilarni inklyuziv ta’limga jalb qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunday o‘quvchilarning jamiyatga faol moslashuvi, avvalo, oiladan boshlanadi.
Shu bois, Toshkent shahrida, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari tomonidan inklyuziv ta’limga jalb etilmagan alohida ehtiyojli bolalarning ota-onalari uchun trening tashkil etildi.

Besh kun davom etgan treninglar mobaynida inklyuziv ta’limning ahamiyati, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi roli, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ota-onalarni farzandlarini to‘liq qabul qilishga, psixologik qo‘llab-quvvatlashga va jamiyatda ijobiy munosabatni shakllantirishga yo‘naltirishdan iborat.

Sherbek Islomov, O‘zA