Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi podstansiya – yangi imkoniyatlar
17:55 / 2025-09-05

FOTOREPORTAJ

So‘nggi yillarda mamlakatimizda elektr energetikasi sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.  

Yangi elektr stansiyalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish orqali aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlari kengaymoqda.  

Buxoro viloyatining olis Qorovulbozor tumanida ham yuqori kuchlanishdagi yangi podstansiya va elektr uzatish tarmog‘i qad rostladi. Hududdagi investitsion jozibadorlikni oshirib, tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlovchi ushbu podstansiyada 2 dona, quvvati 16 000 kVA bo‘lgan kuch transformatorlari o‘rnatildi va podstansiya bugungi kun talabidan kelib chiqib, to‘la zamonaviy elektr uskunalar bilan jihozlandi. Bu iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlabgina qolmay, balki energiya yo‘qotishlarini kamaytirish, samaradorlikni oshirish va ekologik tozalikni ta’minlashga xizmat qiladi.

[gallery-25180]

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA