English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi pandemiya tarqalish ehtimoli yo‘qolmagan
14:30 / 2023-10-29

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesus ogohlantirishicha, kelajakda yangi pandemiya yuzaga kelsa, davlatlar vaziyatga tayyor turishi kerak.

– Biz oldimizga “Keyingi pandemiya bo‘ladimi, yo‘qmi?”, “Qachon yuz beradi?” kabi savollarni qo‘yishimiz kerak, – dedi u. – O‘tmish xatosi takrorlanishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun JSSTga a’zo davlatlar yangi Pandemiya kelishuvi va Xalqaro sog‘liqni saqlash qoidasiga tuzatish kiritish bo‘yicha huquqiy bazani mustahkamlash yuzasidan muzokara olib bormoqda. Bu bo‘lajak pandemiyalarga global javob.

JSST rahbari, shuningdek, parlamentlararo ittifoq a’zolarini ushbu muzokarani qo‘llab-quvvatlashga chaqirib, “Dunyomizni kelajak avlod uchun zaif holda qoldirmasligimiz kerak”, deya ta’kidladi va “insoniyat eski vahima va beparvolik davriga qaytmasligi lozim”ligini uqtirdi.