Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi palata muhim tashabbuslar roʻyobga chiqishining kafolati boʻlishi kerak
23:00 / 2020-01-25

Qoʻyilgan maqsad yagona – Murojaatnomada aytilgan gʻoya va tashabbuslar hayotda oʻz aksini topishi va xalqimizning rozi-rizoligiga erishishdir.


Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida “2020-yilni Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilib, yurtimizning barqaror taraqqiy etishini taʼminlashda soha va yoʻnalishlar oldida turgan oʻta muhim vazifalarni koʻrsatib berdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Ayniqsa, “yangi Oʻzbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulugʻvor maqsadni oʻz oldimizga qoʻyganmiz”, deya aytgan fikrlari butun jamoatchilikni islohotlarning faol ishtirokchisi boʻlishga undaydi. Bu oʻz navbatida, samarali va xalqchil islohotlarning yanada samarali boʻlishiga xizmat qiladi.

Shu oʻrinda, fuqarolik jamiyati institutlarining amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlardagi rolini oshirish, jamoatchilik nazoratini qaror toptirish, davlat va jamoat tashkilotlarini yaqindan hamkorlik qilish mexanizmlarini joriy etishga qaratib kelinayotgan eʼtibor toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtish lozim.

Oxirgi yillarda bu boradagi qator qabul qilingan hujjatlarning oʻziyoq yuqoridagi fikrlarga ortiqcha izoh qoldirmaydi. Prezidentimizning bugungi takliflari asosida jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan koʻp sonli jamoat tashkilotlarini xalq manfaatlarini himoya qilish kabi ulkan maqsad sari ularning salohiyatini birlashtirishga va yetaklashga yetarlicha salohiyatga ega tuzilma – Jamoatchilik palatasini tashkil etishda poydevor boʻlib xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan Jamoatchilik palatasini tashkil etish boʻyicha bildirilgan fikrlarni tom maʼnoda, yuksak mantiqqa asoslangan, oqilona tashabbus va uzoqni koʻzlab qoʻyilgan qadam sifatida eʼtirof etamiz.

Qoʻyilgan maqsad yagona – Murojaatnomada aytilgan gʻoya va tashabbuslar hayotda oʻz aksini topishi va xalqimizning rozi-rizoligiga erishishdir.

Rustam Komilov,

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish

markazi direktori