Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonning yangi istiqbol yo‘li  
15:15 / 2025-09-19

BMT Bosh qarorgohi hamda AQSH Kongressida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev haqidagi siyosatshunos Qudratilla Rafiqov qalamiga mansub “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tganligi ko‘pchilik yutdoshlarimiz qatori meni ham g‘ururlantirdi.

Bu voqea xalqaro hamjamiyat tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va rivojlanish yo‘liga berilgan yuksak baho deb bildim. Kitobning aynan Amerikada, xalqaro miqyosda nashr etilishi va BMT kabi nufuzli tashkilotda расман taqdim etilishi O‘zbekiston uchun ulkan yutuqdir. Bu tarixiy voqea yana bir bor Prezidentimiz rahbarligidagi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot modeli xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganini isbotladi. 

BMT rasmiylari, xalqaro ekspertlar Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat milliy, balki global ahamiyatga egaligini alohida e’tirof qilgan. Darhaqiqat, bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda inson manfaati, inson qadri va xalq farovonligi eng ustuvor tamoyil sifatida belgilangan. Islohotlar sohasi keng qamrovli.  Buni taqdimotda BMT Bosh kotibi yordamchisi M.Yencha ham alohida e’tirof qilib,  o‘z nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni “siyosiy jasorat, strategik asoslilik va ijtimoiy yo‘naltirilganlik uyg‘unligidagi transformatsiya namunasi” sifatida baholagan,  o‘zbektajribasining o‘ziga xos jihati, ya’ni tizimliligini alohida qayd etgan: “O‘zgarishlar bir vaqtning o‘zida barcha asosiy sohalarda – davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimidan tortib ta’lim, sog‘liqni saqlash va raqamli texnologiyalargacha amalga oshirilmoqda”. Ahamiyatlisi shundaki, mazkur islohotlar xalqning kundalik hayotida o‘z ifodasini topmoqda. Aholining davlat organlariga ishonchi oshmoqda, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligi kuchaymoqda. Erkin fuqarolik jamiyatiga yo‘l ochildi. Eng muhimi, Yangi O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari haqiqiy qadriyatga aylandi. So‘nggi yillarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar mamlakatimizning xalqaro imijini mustahkamladi.

 O‘zbekiston BMT, YeXHT, Islom hamkorlik tashkiloti, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning faol a’zosiga aylandi. Mamlakatimiz tashqi siyosatda ochiqlik, konstruktiv muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan yo‘lni tanladi. Taqdimotda qondosh va jondosh qo‘shnilarimiz – Markaziy Osiyo davlatlari vakillari ham ishtirok etib, ushbu kitob hamda muhtaram Yurtboshimiz tomonidan xalqaro maydonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi ulkan ishlarni e’tirof qilgan. 

Qozog‘istonning BMTdagi diplomatik missiyasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosati mintaqaviy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ishonchni mustahkamlash va qo‘shma infratuzilmaviy hamda iqtisodiy tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishda hal qiluvchi rol o‘ynaganini alohida ta’kidlab, “O‘zbekiston Prezidentining ochiqlik va hamkorlikka qaratilgan siyosati Markaziy Osiyo integratsiyasiga yangi turtki berdi”, deyishi davlatimiz rahbarining fidoyilik bilan olib borayotgan islohotlariga yana bir munosib bahodir. 

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ortga qaytmas islohotlar har bir sohada sezilarli natijalarga olib kelmoqda. Bugungi O‘zbekiston o‘z so‘zini erkin aytuvchi, tinchlikni, hamjihatlikni va taraqqiyotni tanlagan mamlakat sifatida namoyon bo‘lmoqda. BMTdagi taqdimotda turli mamlakat vakillarining Prezidentimiz siyosatiga bo‘lgan hurmati va e’tirofi, amaliy qo‘llanma sifatida baholaganlari mamlakatimizdagi islohotlar yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanini yana bir bor tasdiqladi. 

Darhaqiqat, Yangi O‘zbekiston — bu har bir fuqaroning manfaatini ta’minlaydigan, farovonlik va erkinlikka asoslangan davlat. Bu yo‘lda erishilgan yutuqlar esa xalq bilan birga olib borilayotgan oqilona siyosatning samarasidir. 

Gulsara Qurbonboyeva, 

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati, 

O‘zbekiston kasaba uyushmalari FederatsiyasiXorazm viloyati kengashi raisi