Yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabalari
O‘zbekiston delegatsiyasi Xanchjou – 2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Atletlarimiz bu galgi musobaqada 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, jami 71 ta medal qo‘lga kiritib, 45 mamlakat orasida faxrli 5-o‘rinni egalladi.
Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlari tarixida medallar sifati va soni bo‘yicha eng yaxshi natijasi bo‘ldi.
Shubhasiz, bunday ko‘rsatkichni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va davlatimiz tomonidan sportni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, har bir sport turining rivojiga qaratilayotgan e’tiborning samarasi bo‘ldi, deyish mumkin.
T. Ro‘ziyev, O‘zA