Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonning obod bo‘layotgan manzillari
13:37 / 2022-06-04

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari ijrosi doirasida yurtimizdagi chekka qishloqlarda ham ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish borasida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Shahar, qishloq va ovullarning ichki xo‘jalik yo‘llarini kapital va joriy ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilayotir.

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ham ayni chog‘da belgilangan reja asosida 1-sektorga qarashli “Navbahor” mahallasi “Do‘stlik” ko‘chasida 1,5 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘l asfaltlashtirildi.

O‘z navbatida ko‘p yillar o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib, aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan muammolarning ijobiy hal etilayotgani shu hududda istiqomat qiluvchi aholiga mamnunlik bag‘ishlashi barobarida ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini ham oshirmoqda. 

– Bilasizmi, ko‘p yillar davomida yo‘llarimiz asfaltlashtirilmagan edi, – deydi turkman millatiga mansub mahalla faoli Mo‘min Quliyev. –Davlat dasturi doirasida nainki yo‘llar, balki mahallamiz ham obod bo‘ldi. Bundan faqat ko‘z quvnaydi. Bu yerda joylashgan ijtimoiy ob’ektlar ta’mirlandi. Uylarning oldi tartibga keltirildi. Simyog‘ochlar yangilandi. Gaz quvurlari ranglandi.  Mahalladoshlarimiz juda ham xursand.     

– Ko‘p yillar mahalla fuqarolar yig‘inida mehnat qildim, –deydi mahalla faoli Mahliyo Beshimova. – Lekin bunchalik o‘zgarishlarga endi guvoh bo‘layapman. Umuman olganda, olis cho‘l bag‘ridagi neftchilar shaharchasi bugun tamomila o‘zgacha qiyofa kasb etmoqda. 

Viloyat markazidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan mahallalarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz tom ma’noda yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamdagi islohotlarni o‘z hayotlarida his qilmoqda. Albatta, bularning barchasi mamlakatimizda inson qadri nechog‘li ulug‘ ekanining yana bir ko‘rinishidir.

za
Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA