Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari
11:09 / 2023-06-02

FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi “Istiqlol” bolalar dam olish markazida 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida  festival bo‘lib o‘tdi.

[gallery-12180]

Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tashkil etilgan tadbirda taniqli estrada yulduzlarining konsert dasturlari, iqtidorli o‘quvchi yoshlar tomonidan yaratilgan hunarmandchilik mahsulotlari  ko‘rgazmasi hamda to‘garak a’zolari ijrosidagi ashula va raqslar namoyish etildi.

Festival doirasida faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VYJc9aJM5uw" title="Янги Ўзбекистоннинг бахтиёр болалари" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA