Yangi O‘zbekistonni yashil makonga aylantiraylik!
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 26 sentyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida daraxtlarni kuzda ekishni ko‘paytirish zarurligi bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirilib, ustuvor vazifalar belgilangan edi.
Shu kunlarda mazkur yo‘nalishda tizimli ishlar qilinmoqda. Ushbu "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi kuzgi ko‘chat ekish mavsumi Madaniyat vazirligi tizimida ham davom etmoqda.

Madaniyat vazirligi vakillari hamda teatr aktyorlari jamoasi ham ushbu tashabbusda faollik bilan qatnashib, yurtimizda yashil bog‘ yaratish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqda.

Bog‘ yaratishdek savobli tadbirda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ham ishtirok etib, yashillik olamini yaratishga o‘z hissasini qo‘shdi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda tashkilot tasarrufidagi barcha muassasalar xodimlari ham erta tongdanoq tevarak-atrofni obod qilishga kirishdi.
N.Usmonova, O‘zA