“Yangi O‘zbekistonda yangi qadamlar” (+video)
Poytaxtimizda 10 – 11 dekabr kunlari Talabalar turizm forumi doirasida “Yangi O‘zbekistonda yangi qadamlar” nomli BMT modeli loyihasi tashkil etildi.
Yosh turizm elchilari kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda 250 nafarga yaqin talaba, yosh tadbirkorlar va xalqaro mehmonlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yurtimizda turizm sohasining rivoji va unda yoshlarning o‘rni alohida ekani, ekologiya va turizm sohalarida iqtidorli eko-faol yoshlar soni ortib borayotgani qayd etildi. Sohaga oid muammolarga samarali yechim topishda yoshlarning o‘rni mustahkamlanib, fikr-mulohazalariga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/aTYwRWsrE2I" title="“Yangi Oʻzbekistonda yangi qadamlar”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Doniyor YAKUBOV, Ulug‘bek TO‘XTAEV, O‘zA