Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonda inson qadri
14:04 / 2022-08-10

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021 yil fevral va sentyabr oylarida Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyiga borib, ushbu maskanda yashovchi keksalarga munosib shart-sharoitlar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar bergandi.

Ular uchun Davlatobod tumanidagi “Orzu” massivi hududida qisqa fursatlarda zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan bino qad rostlagan edi. Yangi binoda har bir mo‘ysafid alohida yashash xonasi, sanuzel, televizor, muzlatgich kabilar bilan ta’minlandi. Maroqli dam olishga alohida e’tibor qaratildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Namangan viloyati bo‘limi hamda viloyat Nuroniylar jamoatchilik kengashi tomonidan ikki yildan buyon “Saxovat” maskanidagi keksalar va nogironligi bor kishilarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Yangiqo‘rg‘on tumanining Nanay qishlog‘idagi so‘lim tabiat qo‘ynida joylashgan “Keksalar va yoshlar dam olish maskani”da internat uyidagi 59 kishidan 32 nafarini hordiq chiqarishlariga shart-sharoitlar yaratildi.

Dam olish barobarida sportning shaxmat, shashka, domino, stol tennisi kabi musobaqalar o‘tkazilib, g‘olib keksalarga fondning sovg‘alari va kitoblari taqdim qilindi. Nanay madaniyat markazi sozandalari kuy-qo‘shiqlar ijro etdi.

Asli estoniyalik bo‘lgan 77 yoshli Leyev Ernest tog‘oldi hududda dam olayotganidan behad mamnun. U minnatdorlik izhori sifatida o‘zi yozgan “Lbimыy Uzbekistan” she’rini o‘qiganida ta’sirlanmagan kishi qolmadi, hisob.

– Mustaqillik bayrami arafasida biz, keksalarni bahavo joylarda maroqli dam olishimizga e’tibor qaratishganidan quvondik, – deydi Obidjon Faxriddinov. – Sportda musobaqalashdik, musiqa sadolari ostida raqsga tushdik, tabiat qo‘ynida sayr qildik. Yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda emas.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA