English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi
17:21 / 2025-10-09

Joriy yilning 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasida so‘zlagan nutqi keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur tarixiy nutq nafaqat O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, balki jahonda tinchlik, barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlikka doir muhim g‘oyalarni ilgari surishi bilan ham ahamiyatli. 

Ushbu tarixiy ma’ruzaning mazmun-mohiyatini tadqiq etish, unda ko‘tarilgan dolzarb masalalarni aholi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimdir. 

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 

Darslar davomida ekspertlar “Global minbarda O‘zbekiston”, “Yangi O‘zbekistonda islohotlar”, “Kambag‘allikni qisqartirish va iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari”, “O‘zbekistonda ta’lim tizimi islohotlari va jahon hamjamiyati oldidagi muhim tashabbuslar”, “O‘zbekistonning energetik salohiyati va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda energiya resurslariga bo‘lgan talab”, “Energiya auditi tushunchasi. Energiya samaradorligini oshirish va energiya tejash bo‘yicha ko‘rsatmalar” mavzularida ma’ruza qildi. 

Ularda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi va BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. 

O‘quvlar davomida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar O‘zbekiston BMTning teng huquqli va to‘laqonli a’zosi sifatida O‘zbekiston tenglik, hamkorlik, ko‘p tomonlamalik va xalqaro siyosiy tizimni himoya qilish tamoyillariga so‘zsiz rioya etishini ko‘rsatayotganini ta’kidladi. 

Shuningdek, O‘zbekistonning global minbardagi pozitsiyasi, demokratik va huquqiy davlat qurishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, diniy-ma’rifiy sohadagi yutuqlar, kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim va ilm-fan taraqqiyoti, gender tenglik va yoshlar siyosati kabi yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi. 

Markaziy Osiyoda hamjihatlik makonini barpo etish, qo‘shni davlatlar bilan yaqin hamkorlik, qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik jarayonlariga ko‘mak berish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 

O‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.

N.Usmonova, O‘zA