Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofoti g‘oliblari aniqlandi
13:20 / 2023-01-29

Poytaxtimizda “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 594-sonli qarori bilan “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi.  

Hujjatga asosan, mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar tanlab olinadigan mezonlar quyidagi asosda  belgilandi:  

– jahon miqyosidagi ko‘rik-tanlov va festivallarda yuqori o‘rinlarni egallash; 

– o‘zbek san’ati va madaniyatini dunyo sahnalarida namoyish etib kelish;  

– munosib ijodiy kadrlarni tayyorlash;  

– ijodiy asarlarda madaniyatimizning o‘ziga xosligini aks ettirish;  

– yil davomida ijodiy asarning ommalashganligi va boshqalar.  

Nomzodlar teatr, sirk, musiqa sohasining estrada, an’anaviy, akademik, folklor, bastakorlik, kompozitorlik, raqs, shuningdek, tasviriy va amaliy san’at, badiiy ijod hamda madaniyat va san’atning boshqa yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari orasidan 20 ta nominatsiya bo‘yicha saralab olindi. Eng muhimi, nomzodlar Milliy tanlovlar platformasiga ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida keng jamoatchilikning onlayn  ovoz berishi orqali aniqlandi.  

“Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at sohasida milliy mukofot sohiblari sifatida quyidagi hamyurtlarimiz g‘olib deb topildi.  

Yilning eng yaxshi an’anaviy erkak xonandasi – Xushnud Solijonov  

Yilning eng yaxshi an’anaviy ayol xonandasi – Gulbahor Erqulova  

Yilning eng yaxshi rangtasvir rassomi – Zebiniso Sharipova  

Yilning eng yaxshi haykaltaroshi – Botir Hakimov  

Yilning eng yaxshi kutubxonachisi – Farhod Jo‘rayev  

Yilning eng yaxshi vazirlik teleloyihasi – “Artist”  

Yilning eng yaxshi ma’naviyat targ‘ibotchisi – Jamila Shermuhamedova  

Yilning eng yaxshi adibi (shoiri) – Botirjon Ergashev  

Yilning eng yaxshi bastakori  – Nodir Umarov  

Yilning eng yaxshi raqqosasi – Dilnoza Ortiqova  

Yilning eng yaxshi sozandasi – Doniyor  Yunusov  

Yilning eng yaxshi badiiy jamoasi – "So‘g‘diyona" o‘zbek xalq cholg‘ulari kamert orkestri  

Yilning eng yaxshi teatr aktyori – Abror Muhiddinov  

Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi – Gulasal Rahmonova  

Yilning eng yaxshi sirk artisti – Veronika Stejka  

Yilning eng yaxshi teatr rejissyori – Asqar Xolmo‘minov  

Yilning eng yaxshi yosh baxshisi – Uldavlet Sarsenbayeva  

Yilning eng yaxshi opera ijrochisi – Umid Isroilov  

Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi – Nilufar Usmonova  

Yilning eng yaxshi estrada erkak xonandasi – Jaloliddin Ahmadaliyev  

O‘zA