Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston yulduzlari” — iqtidorli bolalar saralandi
11:34 / 2022-08-30

Ayni kunlarda mamlakatimizda eng ulug‘ va eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib olish maqsadida joylarda turli tadbirlar, davra suhbati va tanlovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ayni shu maqsadda “Ta’til — barkamol avlod bilan” shiori ostida respublika miqyosida tanlov va musobaqalar oyligi o‘tkazildi. Mazkur oylik doirasida “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” nomli tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Barkamol avlod” bolalar maktablarining iqtidorli to‘garak a’zolari o‘z mahorati va iqtidorini namoyish etdi. Maktablardagi to‘garak a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iqtidorlilarini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda to‘garak a’zolarining ijod mahsullari saralandi. 



— Kelajagimiz egalari bo‘lgan farzandlarimizni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni ruhlantirish asosiy vazifamizdir, — deydi respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Sevara Mahmudova.  Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz ham maktablarimiz to‘garak a’zolarining ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish, tanlov va musobaqalar vositasida o‘quvchilarning to‘garaklarga qiziqishini yanada oshirish, professional mutaxassislar ishtirokida davra suhbati, seminar, trening, master-klass hamda ko‘rik-tanlovlar tashkil etish, qolaversa, eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz — davlatimiz mustaqilligining 31 yilligiga munosib tuhfa hozirlashdan iborat edi. Bu, o‘z navbatida, faol va  kreativ fikrlaydigan o‘quvchilarni kashf etish va ularni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Tanlovimizning yakuniy bosqichida iqtidorli o‘g‘il-qizlarimizning ijodiy ishlari munosib rag‘batlantirildi.  



Yakuniy bosqichda faol ishtirok etgan jamoalar maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

M.Komilova, 
O‘zA