Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston yoshlari Termizda jam bo‘ldi
11:59 / 2025-04-11

FOTOREPORTAJ

Termizda Surxondaryo tajribasi misolida “Yoshlar va talabalar”  festivali bo‘lib o‘tdi.  

Festival Termiz shahridagi Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobxon talaba” tanlovi bilan boshlandi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan tanlovda Termiz davlat Pedagogika instituti talabasi Xurshida Tojimurodova birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘ringa Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi Akbar Hayitov va uchinchi o‘ringa Termiz davlat universiteti talabasi Dildora Poyonova munosib ko‘rildi.  

Yoshlar bayrami “Hashar – biz yoshlarga yarashar”, “Muzeylar – yoshlar nigohida” kabi loyihalar bilan davom etdi. Talabalar o‘rtasida voleybol va basketbol sport turlaridan musobaqalar, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Baxshichilik” milliy taomlar tayyorlash musobaqalari o‘tkazildi.  

Ta’kidlash kerak, hozirda viloyatdagi oltita oliy ta’lim muassasasida 50 mingdan ziyod yigit-qiz ta’lim olib, Yangi O‘zbekistonga munosib kadrlar bo‘lib yetishmoqda. Ularning ilm-fan sirlarini chuqur egallashi, jismonan toblanishi va o‘z iste’dodini keng namoyish etishi uchun barcha sharoit yaratilgan.      

[gallery-22756]

Festivalning tantanali taqdirlash marosimi viloyat hokimligi binosi qoshida bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqalar, tanlov va o‘yinlar g‘oliblariga sovg‘alar hamda pul mukofotlari topshirildi.  

Tadbir taniqli san’atkorlar va viloyat xonandalarining gala konserti bilan yakunlandi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA