Yangi O‘zbekiston yoshlari festivali
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik» shiori ostidagi «Yoshlar festivali» doirasida ochiq osmon ostida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov kirish so‘zi bilan ochib, Namangan yoshlariga kelgusi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Viloyat nomini respublika va jahon miqyosida faol himoya qilib kelayotgan yoshlar hamda jamoalar pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-7424]
Festivalda taniqli xonanda va yosh iste’dodlar o‘zlarining sho‘x kuy va qo‘shiqlari bilan barchaga xushkayfiyat ulashdi.
Hotam MAMADALIEV, O‘zA