Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi kuch sifatida shakllantirish, islohotlarning asosiy manbaiga aylantirish bo‘yicha davlat siyosati shakllandi va eng asosiysi, bu ishlar tezda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning g‘amxo‘rligi ostida yoshlar O‘zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy va ma’naviy hayotining haqiqiy ijodkorlari, ilhom manbai, muhim ishtirokchilari, bunyodkori sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu oqilona siyosatning tag zamirida esa albatta, yoshlarga ishonch va suyanch turibmiz.
Ayniqsa yurtimizda 2023 yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlanishi bu e’tiborning bardavomligidan dalolat.
Ana shunday e’tibor va ishonchga loyiq bo‘lgan bugungi qahramonimiz Muhiddin Abduazimov ham o‘zining bilimi, tirishqoqligi va yangilikka intiluvchanligi bilan tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3D6lHcH8SQg" title="Yangi O‘zbekiston yoshlari — bugunimiz va istiqbolimiz poydevori" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
U mamlakatimizda va xorijda o‘tkazilgan bir qancha tanlovlar sovrindori, ingliz, rus tillarida bemalol suhbatlasha oladi va hozirda Yangi O‘zbekiston universitetida tahsil olmoqda.
Ko‘rsatuvning to‘liq qismini O‘zAning “YouTube” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
O‘tkir Alimov,
Doniyor Yoqubov (video), O‘zA