Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik
14:29 / 2023-06-09

Buxoroda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” boshlandi. Shu munosabat bilan turli madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Buxoro shahrida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Favvoralar maydonida tashkil qilingan yoshlar sayli tadbirlarning debochasi bo‘ldi.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov, Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati boshqarmasi va boshqa mutasaddilar so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi.  

[gallery-12267]

–Yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urilmasin, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, shijoatingizga suyaniladi, – dedi viloyat hokimi B.Zaripov. – Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz bizga kamarbasta bo‘lib, munosib hissa qo‘shasizlar. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga astoydil xizmat qilish orzusi bilan yonib yashaysizlar.  

Shundan so‘ng, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan sport turlari bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining tuman va shahar bosqichi g‘oliblari taqdirlandi. Shu bilan birga mini-futbol va futbol musobaqalarining viloyat bosqichiga rasman start berildi.  

Estrada xonandalari ishtirokidagi katta konsert dasturi  yoshlarga bir olam quvonch, unutilmas taassurotlar ulashdi.  

\<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/iWhYngmjgjw" title="Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 

Zarif Komilov,  

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA