Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash demak
12:40 / 2020-11-12

Namangan shahridagi "Shodiyona" tantanalar majmuasida "Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda poytaxtdan kelgan taniqli olimlar, shoir-yozuvchilar, taniqli san’atkorlar, nuroniy va yoshlar, deputatlar, viloyat faollari ishtirok etdilar.

Bayram tadbirida qatnashgan Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov pandemiya davridagi vaziyat, aholi salomatligi, farovon turmushi uchun olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli uy-joylarning qurilishi va diniy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi amaliy ishlar xususida so‘z yuritdi.

O‘zbekiston xalq artistlari Mirza Azizov, Zulayxo Boyxonova, Abduhoshim Ismoilov, shoira Sayyora To‘ychiyeva ham o‘z chiqishlarida yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasi, yangicha siyosati, yangicha yondashuvi haqida gapirib, 34 millionlik xalqimiz uchun yaratilgan va yaratilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa,  pandemiya davrida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlarning amaliy va ijobiy samarasi haqida fikrlarini bildirdilar.

Videoroliklar namoyishida yurtimizning kechagi va buguni tasvirlandi. San’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari yangramoqda.

"Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash" shiori ostida "mahallabay" tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida, olis va chekka qishloqlarida davom ettirilmoqda.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev(surat), O‘zA